O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga start berildi va Saylov 2021-yilning 24-oktabr kuni boʻlib oʻtadi. Hozirda barcha partiyalar prezidentlikka tavsiya etgan nomzodlarining saylovoldi dasturlarining targ’ibotlarini o’tkazishmoqda. Jumladan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi ham prezidentlikka tavsiya etilgan nomzod Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturining targ’ibot tadbirlarini tashkil etib kelmoqda.
Shuningdek, joriy yilning 12-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi raisi o’rinbosari Asqar Xoliqov, institut prorektori Otabek G’aybullayev hamda professor-o’qituvchilar institut talabalari, ya’ni Saylov yoshiga yetgan ilk saylovchilar bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuv davomida ilk saylovchi talabalarga Saylov to’g’risida batafsil ma’lumot va O‘zbekiston Respublikasining Saylov Kodeksida belgilangan qonun-qoidalar haqida tushunchalar berishdi. Shuningdek, 2021-yilgi prezidentlik saylovlariga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod sifatida tavsiya etilgan Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturining mazmun-mohiyati aytib o’tildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain









