Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

18-oktabr — Samarqand shahri kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etildi.  Karnay-surnay sadolar ostida chorlov marafoni hamda Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlangan bayram tadbirlari ko’tarinki ruhda bir-biriga ulanib ketdi. Bo’lib o’tgan tadbirlarda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov munosib ishtirok etdi.

Dastlab o'tgan buyuk ajdodlarimiz ruhiga bag'ishlab Qur'on tilovat qilindi. Shundan so'ng viloyat va shahar hokimliklari, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Amir temur haykali poyiga gul qo'yildi.

Bayramning asosiy tadbirlaridan biri Samarqand davlat muzey qo’riqxonasi tasarrufidagi Mahmudxo’ja Behbudiy uy-muzeyining ochilish marosimi bo’ldi.

Muzeyda qurilgan ekspozitsiyalar ilmiy konsepsiyaga asoslangan bo’lib, unda Behbudiyning hayoti va ijodi, jadidchilik tarixi, XX asr boshlaridagi madaniy-ma’rifiy voqeliklar, muzey ashyolari, hujjatlar, foto nusxalar va boshqa ashyolar orqali namoyish etilgan bo’lib, yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Uy-muzeyning ochilish marosimini  viloyat hokimi o’rinbosari X.Ochilov kirish so’zi bilan ochib berib, tadbir ishtirokchilarini madaniy-ma’rifiy maskan bilan yaqindan tanishib chiqishga chorladi.

So’zga chiqqanlar orasida Samarqand davlat chet tillar instituti doktaranti Dilafro’z Rahmatova o’zining yangi nashrdan chiqqan “Mahmudxo’ja Behbudiy asarlari lug’ati”ni yangidan ochilgan uy-muzeyiga sovg’a qildi.

Tadbir ishtirokchilari uy-muzeyini ko’zdan kechirishar ekan, bu yerda nafaqat M.Behbudiy hayoti va ijodi to’g’risidagi ma’lumotlar, balki o’sha davr madaniyati, ma’rifati, ilm-fani rivojiga hissa qo’shgan bir qator ma’rifatparvar olimlar va ularning asarlari bilan tanishishdi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-18 15:50:00 130