Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Bugun «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi. Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda, kutubxonalarda, korxona va tashkilotlarda turfa xil tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.

Shunday ekan, bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tadbirlar erta tongdan o‘zbek tilining asoschisi — Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlab berildi.

Ushbu tadbirda viloyat va shahar hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi, oliy o‘quv yurtlari, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari va keng jamoatchilik vakillari bilan bir qatorda Samarqand davlat chet tillar institutining ham bir qator mutasaddilari ishtirok etishdi.

Shoir nomi bilan ataluvchi ko‘chada o‘rnatilgan sahnada o‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar adabiy kecha ko‘rinishida davom etdi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-21 10:50:00 128