Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Ashurov, Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i B.Nurmuhammedov, Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov, Navoiy davlat stipendiyasi sohibi Sh.Aslanov hamda “Audioertaklar.uz” innovatsion loyihasining muallifi N.Daminovlar ishtirokida Ingliz tili-II fakultetining iqtidorli talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda talabalarga nomdor stipendiantlarga qo’yiladigan talablar, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish tartibi, respublika miqiyosida o‘tkazilayotgan fan tanlovlarida ishtirok etish tartibi va talablari hamda startap loyihalar, uni amalga oshirishda ko‘zda tutiladigan muammolar va yechimlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

O’z iqtidorini namoyish etish istagida bo’lgan talabalar yechimini izlab yurgan savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olishdi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-04 11:40:00 127