Samarqand davlat chet tillar institutida XXVII spartakiadaning “Voleybol” musobaqasi talabalar o’rtasida bo’lib o’tdi. Bo’lib o’tgan ushbu musobaqada o’g’il bolalar o’rtasida 1-o’rinni Roman-german tillari fakulteti, 2-o’rinni Ingliz tili-2 fakulteti, 3-o’rinni Sharq tillari fakulteti qo’lga kiritdi.
Qizlar o’rtasida tashkil etilgan “Voleybol” musobaqasida 1-o’rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti, 2-o’rinni Roman-german tillari fakulteti, 3-o’rinni Sharq tillari fakulteti qo’lga kiritdi.
Ahamiyatlisi, bu yilgi musobaqalar har yilgidan ham ko‘ra ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda. Shu kabi musobaqalarning o‘tkazilishi salomatligimizga, sog‘ligimizga foydali bo‘libgina qolmasdan, ko‘ngilochar dastur ham hisoblanib, madaniy hordiqdir.
Navbatdagi musobaqa sportning “Qo’l to’pi” turi bo’yicha 2021-yilning 10-noyabr kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz. 10-noyabr kuniga qadar “Talabalar o’rtasida o’tkaziladigan XXVII spartakiada musobaqalarini o’tkazish to’g’risida”gi Nizomning 3-bandiga muvofiq har bir fakultet mutasaddilari fakultetning ichki musobaqasini o’tkazib, institut bosqichiga saralab olishlari lozim.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain







