Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jahon bankining Xalqaro rivojlanish Assotsiatsiyasi ishtirokida “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirmoqda.
Bugungi kunga qadar, mazkur loyiha doirasida “Ichki sifatni ta’minlash” yo‘nalishi bo‘yicha Shbeeman Consulting xorijiy ekspertlari tomonidan oliy ta’lim muassasasida sifatni ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan treninglar o‘tkazilib kelinadi.
Loyihada faol ishtirok etib, tanlab olingan 6 ta oliy ta’lim muassasalari ishtirokida Shbeeman Consulting eksperti Akim Emurli tomonidan joriy yilning 26-noyabr kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida kengaytirilgan qo‘shma seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda Samarqand davlat chet tillar institutidan o'quv ishlari bo’yicha prorektori Fazlidin Ro'ziqulov, ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i Mahzuna Ismatova, ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Akram Shermatov hamda xalqaro reytinglar bo'yicha ishlash bo'limi boshlig'i Javohir Nasrullayevlar faol ishtirok etishdi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain




