Xabaringiz bor, Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi 43-uy manzilida joylashgan Samarqand iqtisodiyot kolleji bino va inshootlari, tegishli hududi Samarqand davlat chet tillar instituti balansiga o‘tkazilgan.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi institut mutasaddilari olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, shuningdek, amalga oshiriladigan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Hozirda ushbu hududdagi mavjud va foydalanishga yaroqsiz bo‘lib turgan 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosini to‘liq mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari deyarli yakunlanmoqda, jumladan, 2022-yilning yanvar oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Shu bilan bir qatorda talabalarni yetarli darajada turar joy bilan ta’minlash maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida yana bitta 600 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish ishlari ham hozirda shiddat bilan davom ettirilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-12-14 16:25:00 130