Yurtimizning har bir go‘shasida kirib kelayotgan Yangi yil bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shahrimiz ko‘chalari, inshoot va binolar bayramona tus olib ulgurdi. Hammayoq bolalar ko‘zini quvnatuvchi turfa chiroqlar-u, jimjimador ramzlar bilan bezatilmoqda.
Samarqand davlat chet tillar institutida ham mana shunday Yangi yil kayfiyati avjda. Tayyorgarlik ishlar deyarli tugatildi. Institut binolari har tomondan rang-barang chiroqlar, katta-yu kichik archa va jonivarlarni ifodalovchi rangli tasvirlar bilan bezatildi.
Institut rektori Ilhomjon To‘xtasinov Yangi yil bayramini xavf-hatarsiz, ko‘ngildagidek o‘tkazish borasida mas'ul xodimlarga ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida atroflicha ko‘rsatmalar berib o’tdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain










