Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilm-u ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida talabalarni kitobxonlikka yanada jalb etish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchi tashabbusi hamda Vazirlar Mahkamasining “2020-yil 14-dekabrdagi 2020/2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “ZIYO NASHR” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Samarqand davlat chet tillar instituti fakultetlarida “Kitob mutolaasi-muvaffaqiyat omili” shiori ostida arzonlashtirilgan kitob savdo yarmarkasi tashkil etildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain





