Joriy yilning 23-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillarda Ingliz tili-I fakulteti tomonidan fakultetning 219-guruh talabalari ishtirokida “Snow Party” nomli Yangi yilga bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Jarayonni fakultet dekani Anvar Ismoilov kirish so’zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarni tantanali bayram, ya’ni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda turli xil tillarda, jumladan, ingliz, o'zbek, tojik tillarida qo'shiqlar kuylandi. Ingliz, rus, tojik, o'zbek, nemis va kores tillarida turli xil bayram tabriklari bildirildi. Tomoshabinlarni kayfiyatini yanada ko’tarish maqsadida sahna ko'rinishi namoyish etildi.

Jumladan, “Kelinlar qo'zg'aloni Samarqand davlat chet tillar institutida" nomli sahna ko'rinishi ham tomoshabinlarga havola etildi. Tadbir juda ajoyib ko'tarinki kayfiyatda davom etdi va tadbir oxirida sahnada o’z faolligi bilan ishtirok etgan talabalar fakultet ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-12-24 18:05:00 121