Joriy yilning 13 noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning Sun Moon Universiteti Global ta’lim markazi ijrochi direktori Nam, Bu Hyun, mazkur universitet professori Lee Young Han hamda 24 nafar talabalardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Sun Moon Universiteti Delegatsiyasi institutning o'quv va ilmiy faoliyati, pedagog-xodimlar va ilmiy kadrlarning kasbiy, ta`limiy hamda amaliyotga yo'naltirilgan dasturlarning o'zlashtirilishi, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni zamon talablariga hamohang tarzda yangilanishi, bilan yaqindan tanishishdi. Ta’lim jarayoniga yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va ilg'or ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini joriy qilish, yuqori malakali olimlar, o'qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish hamda talabalar almashinuvini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashindi.

Shuningdek, tashrif doirasida Sun Moon Universiteti professorlari ishtirokida institutning koreys tili yo’nalishi talabalari uchun seminar-treninglar hamda Sun Moon Universiteti talabalari uchun mahalliy professor-o’qituvchilar ishtirokida koreys va o’zbek milliy madaniyatiga bag’ishlangan madaniy tadbir tashkil etildi. Sun Moon Universiteti delegatsiyasi ikki kun davomida Samarqand tarixi, tarixiy obidalari, Buyuk Ipak Yuli tarixi, o’zbek milliy madaniyati bilan yaqindan tanishishni rejalashtirgan.

Share:
2018-11-13 16:30:00 88