2018-yil 22-23-noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon Deklaratsiyasining 70 yilligiga bag‘ishlangan Osiyo forumiga tayyorgarlik doirasida 19-noyabr kuni tarjimon-volontyorlar uchun SamDChTIda navbatdagi yig‘ilish va seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari T.Nabiyev, SamDChTI rektori I.Tuxtasinov va prorektor F.Ro‘ziqulovlar ishtirok etishdi. Seminar-treningda tarjimon-volontyorlarga gid-tarjimonlik etikasi, so‘zlashuv madaniyati va kiyinish madaniyati hamda delegatsiya a’zolarini kutib olish tartibi to‘g‘risida, Osiyo forumi to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma va ma’lumotlar berildi.
Seminar-trening yakunida mutaxassis F.Faxriddinov Samaraqand shahri tarixi va tarixiy obidalari haqida ma’ruza o‘qidi. Jumladan, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdilar.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain



