Joriy yilning 13-dekabrida Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz tili fakultetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining fakultet kubogi o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etganlar Ingliz tili fakulteti dekani A.R.Ismoilov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.B.Suyunov, Roman-german tillari fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.U.Sattarov, Ingliz tili fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Q.A.Hakimov, ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.B.Ergashev, Ingliz tili grammmatikasi va tarixi kafedrasi mudiri M.Sh. Ismatovalar bo‘lishdi.
Tadbir davomida barcha jamoa qatnashchilari o‘z qobiliyatlarini mohirona ifodalashdi. “Quvnoqlar va zukkolar” fakultet kubogida faol ishtirok etganlar, sahna ortida yordam berganlar hamda bir nechta nominatsiyalar sohib va sohibalari esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan tadbir yakunida taqdirlanishdi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain







