Samarqand davlat chet tillar institutiga Fransiyalik fransuz tili mutaxassisi Alexandre Sastre tashrif buyurdi.

Tashrif jarayonida institut o‘qituvchilari, magistratura va bakalavriatda ta’lim oluvchi talabalari o‘rtasida seminar-treninglar o‘tkazildi. Bunda zamonaviy fransuz adabiyoti, tarjima turlari, fransuz tilini o‘rganish va o‘rgatishning turli xil usullari, metodlari haqida so‘z bordi hamda fikr-mulohazalar almashinildi.

Seminar-trening so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga fransuz tili mutaxassisi Alexandre Sastredan javob olishdi.

Share:
2018-12-14 10:00:00 88