2018-yil 20-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Samarqand avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji bilan hamkorlik doirasida “Salom yangi yil” mavzusida  bayram tadbiri o‘tkazishdi.

Bayram tadbiri turli xil ko‘rinishdagi raqslar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari ijrosi ostida qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. Institut talabalari o‘zlarining mahoratlarini hayajonsiz ifodalay oldi.

Kollej ma’muriyati mana shunday mehnatsevar va tashabbuskor yoshlarga bayram tadbirini o‘tkazib bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Share:
2018-12-20 17:00:00 83