2019-yilning 1-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstrimizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” kabi mavzularda davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov, institut psixologi Z.Aripov hamda davlat xavsizlik xizmati xodimlari, ichki ishlar xodimlari ishtirok etishib, nutq so‘zlashdilar.

Share:
2019-02-01 16:55:00 93