Samarqand davlat chet tillar institutida 2019-yilning 1-fevral kuni institut faollar zalida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va institut Yoshlar ittifoqi BT bilan hamkorlikda birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan “Islom Adbug‘aniyevich Karimov – Mustaqil O‘zbekistonimiz asoschisi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda qatnashganlar yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov,  mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis I.Salomov, yoshlar yetakchisi E.Raxmatov, institut matbuot kotibi A.Abduraimov, institut psixologi Z.Oripov hamda talabalar jamoasi bo‘ldi.

Tadbir davomida iqtidorli talabalar o‘rtasida birinchi prezidentimiz tomonidan yaratilgan asarlari yuzasidan savol-javob musobaqasi bo‘lib o‘tdi hamda talabalar tomonidan she’r, raqslar ijro etildi.

Share:
2019-02-06 13:15:00 90