O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq, shuningdek professor-o‘qituvchilar tarkibining shaxsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 9 sentyabrdagi 5-2015-son «Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2720, 2015 yil 19 oktyabrь) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 42-son, 540-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Batafsil o'qish

Share:
2018-10-10 15:20:00 1348