Samarqand davlat chet tillar instituti ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, ular ishtirokida qisqa va uzoq muddatli seminar-treninglar, ilmiy anjumanlar hamda ma’ruzalar tashkil etilib kelinmoqda. Xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni institutga jalb etish ta’lim sifati, talabalar va o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirishga, chet tillirni o‘rgatishni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

2019-yilning fevral oyidan boshlab qator yillar Fransiya, Xitoy, Koreya, Vietnam, Ukraina, Ozarbayjon, Rossiya Respublikalarining ta’lim muassasalarida faoliyat olib brogan Fransiyalik mutaxassis Redares Marie xonim institutda o‘z pedagogik faoliyatini boshladi.

Redares Marie institut rahbariyati bilan uchrashuv chog’ida Samarqandga tashrifidan juda mamnun ekanligi va taklif uchun o’z minnatdorligini bildirdi hamda fransuz tili o’qitilishni rivojlantirishda o’z hissasini qo’shishga tayyor ekanligini bildirdi. O’z navbatida institut rektori I. Tuxtasinov Redares Marie xonimning institutdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Uchrashuvda mavjud muammolar muhokama qilindi va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Share:
2019-02-15 08:25:00 91