Joriy yilning 25-fevralida Janubiy Koreyaning Koreys tili milliy instituti vakillari Kim Su Hyon va Jo Eunlar tashrif buyurishdi. Tashrif avvalida koreyalik Kim Su Hyon va Jo Eunlar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilov, Uzoq sharq tillar kafedrasi mudirasi D.Turayevalar o‘rtrasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O.Yusupov institutda koreys tili yo‘nalishi borligi va unda tahsil olayotgan talabalarga malakali mutaxassislar tomonidan ta’lim berilayotganligi, shuningdek, institut o‘quv jarayoni to‘g‘risida batafsil aytib o‘tdi.

Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va talabalar malakasini oshirish, hamkorlikda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar, lug‘atlar yaratish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

Share:
2019-02-25 16:05:00 84