2019-yil 5-martda Samarqand davlat chet tillar institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi hamkorligida “Zebi zamon Zulfiyaxonim va ayollarni e’zozlab” shiori ostida tantanali katta tadbir tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev ochib berib, Zulfiyaxonim ijodiy faoliyati, adabiyotimizda vafo va zadoqat ramzi ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, shoira X.Bobomurodova, institut o‘qituvchisi G.Umurovalar ham Zulfiyaxonim hayot va ijodiga bag‘ishlab nutq bayon qilishdilar. Institut professor-o‘qituvchilari, talabalar jamoasi, xususan, til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi vakillari tadbirda faol ishtirok etishdilar.

Tadbir davomida bahoriy raqs, Zulfiya hayotidan lavhalar, Zulfiya she’rlaridan parchalar, “O‘rik gullaganda” qo‘shig‘i, jumladan, Hamid Olimjon hamda Zulfiyaxonim diologlari talabalar tomonidan ijro etildi.

Share:
2019-03-05 17:20:00 82