Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 2019-yil 30-yanvardagi 86-sonli hamda 2019-yil 15-martdagi 227-sonli buyrug’iga asosan Ingliz tili-II fakultetida 2018-2019 o’quv yili uchun 4-kurs talabalarining pedagogik amaliyoti yuqori saviyada tashkil etildi va pedagogik amaliyot jarayoni talab darajasida o’tkazilmoqda.
Bitiruvchi kurs talabalarining pedagogik amaliyoti boshlanishidan oldin anjuman tashkil etilib, amaliyotchi-talabalarning amaliyot o’tash bo’yicha huquq va majburiyatlari tushuntirildi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Hozirda amaliyotning faol jarayoni boshlangan bo’lib, amaliyotchi-talabalar darslarni qiziqarli o’tishlari bilan bir qatorda zaruriy hujjatlarni ham rasmiylashtirib bormoqdalar.
2019-03-28 17:40:00
80
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain


