Ta’lim sifatini oshirish va SamDChTIning xalqaro doiradagi nufuzini oshirish maqsadida o‘quv jarayonlariga xorijlik mutaxassislar keng jalb etilmoqda. SamDChTI yana ikki nafar xitoylik (Guo Yanli hamda Li Huawei) mutaxassislarni qarshi oldi  va ular joriy yilning 8-aprelidan o‘z faoliyatini boshlashdi. Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi “Hanban” xalqaro tashkiloti tomonidan yuborilgan ushbu mutaxassislar institutning Yaqin sharq tillari kafedrasi va akademik litseyda bir yil davomida talabalarga xitoy tilidan saboq beradi.

 

Share:
2019-04-11 14:15:00 87