O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2019-yil 14-aprel kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. 
         Ma’lumki, o‘tgan yili Qozog‘istonda O‘zbekiston yili keng miqiyosida nishonlangan edi, uning doirasidagi tadbirlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga harakat qiladi. Mazkur ulkan voqeaning mantiqiy davomi sifatida bu yil O‘zbekistonda Qozog‘iston yili e’lon qilindi va u Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida ochildi.
          Joriy yilning 17-aprelida Samarqand davlat chet tillar institutiga Qozog‘istonning Shimkent universiteti prorektori boshchiligidagi professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. 
          Institut rektori I.M.Tuxtasinov mehmonlarni Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand shahri haqidagi ma’lumot bilan tanishtirdi. Shuningdek, mamlakatimizda Qozog‘iston yilida ulkan o‘zgarishlar kutilayotganligi, bu jarayon fan va ta’lim, ilmiy tadqiqot sohalarida ham o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, bilim va tajriba almashish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini ma’lum qildi. Mazkur do‘stona hamkorlik madaniyatlarimiz bir-birini boyitishiga, xalqlarimizning yanada yaqin bo‘lishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar institut bosh binosi hamda Ingliz tili-I va Ingliz tili-II fakultetlari, ulardagi o‘quv auditoriyalari, kutubxonalar, til va madaniyat markazlari hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, 18-aprel kuni institut faollar zalida Samarqand davlat chet tillar instituti va Shimkent universiteti hamkorligida milliy konsert dasturi ham tashkil qilindi.

Share:
2019-04-17 17:35:00 76