O‘quv jarayoni jadvaliga ko‘ra joriy o‘quv yilida birinchi kurslarda o‘tkaziladigan o‘quv-tanishuv amaliyoti 4 haftani tashkil etadi.  
Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz tili-I fakulteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til ingliz tili yo‘nalishi  talabalari pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari dotsent A.Saidov, o‘qituvchilar O.Yadgarova va S.Najiyevalar rahbarligida maktabgacha ta’lim muassasalarida malakaviy amaliyot o‘tashmoqda.
Amaliyot jarayonida talabalar o‘qituvchilar va tarbiyachilar tomonidan bog‘cha yoshi davridagi bolalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib borish haqida batavsil malumotlar olib, ularga tayangan holda qiziqarli va mazmunli sinov mashg‘ulotlari o‘tkazmoqdalar. 

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

Share:
2019-04-19 13:30:00 80