Joriy yilning 25-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakulteti ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasi mudiri N.J.Suleymanova va kafedra o‘qituvchilari, shuningdek, 206-guruh talabalari hamkorligida Samarqand shahar 62-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatida xayriya tadbiri o‘tkazildi. 
Xayriya tadbiri bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslariga binoan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan kafedra nomidan maktab ma’muriyatiga 20 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.

Share:
2019-04-27 12:35:00 85