O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasidan faol hamda jamoat ishlarida jonbozlik ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar orasidan 47 nafari Buxoro shahrining tarixiy obidalariga kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan sayohatda ishtirok etishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain



