2019-yilning 16-may kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi Susannah Wood, mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha mutaxassis Tracci Gabel va Toshkentdagi Amerika Markazi direktori Gulshan Maxmudovalar SamDChTIga tashrif buyurishdi.
Mutaxassislar SamDChTI o‘qituvchilari, magistrantlar va talabalar uchun AQSH ta’lim muassasalarida tahsil olish, o‘qishga hujjat topshirish shartlari va grant dasturlari to‘g‘risida taqdimot tashkil etishdi.
Ishtirokchilar savollariga tashrif buyurgan mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

 

Share:
2019-05-17 13:30:00 95