2018-yil  8-oktyabrdan boshlab malaka oshirish kurslari oʻquv jarayoni yoʻlga qoʻyildi. 
Ushbu kurslarda “Innovatsion boshqaruv” va “Boshqaruv mahorati” boʻyicha malaka oshirish kurslari tinglovchilarida mahalliy boshqaruv va hududiy rivojlanish sohasidagi chuqur va amaliyotga yoʻnaltirilgan, shuningdek, strategik rejalashtirish, gorizontal va vertikal munosabatlar tizimiga oid bilimlarni, davlat va hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni sifatli ijro etish, jamoani shakllantirish, vaqtdan unumli foydalanish, boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish, rahbarning muloqot samaradorligi bilan bogʻliq  koʻnikmalari shakllantirishni koʻzda tutuvchi bir qator yoʻnalishlar faoliyat koʻrsatmoqda.
Shunga ko‘ra Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o‘qituvchilari jamosidan bir guruh rahbar xodimlar ham akademiyada malaka oshirish kurslarida yuqorida taʼkidlagan yoʻnalishlarda oʻz bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashmoqda. 

SamDChTI axborot xizmati

Share:
2019-06-13 11:50:00 93