Samarqand davlat chet tillar institutida Janubiy Koreya, AQSH hamda Rossiya OTMlari bilan hamkorlikda 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistraturada tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga bo‘lib o‘tgan qabul jarayonlari hamda shunga doir xabarlarni oldingi yangiliklarimizda yoritib o‘tdik.
Ma’lumki, magistratura ta’lim bosqichida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” (40 nafar) ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgan edi. 2019-yilning 15-avgust kuniga qadar qabul jarayonlari davom etdi.
Mana bugun 2019-yilning 19-avgust kunida Samarqand davlat chet tillar institutida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda magistraturada tashkil etilgan “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” ta’lim yo‘nalishiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain





