Joriy yilning 13-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga AQSHlik ingliz tili mutaxassisi Vivianna Marcel xonim tashrif buyurdi hamda tashrif doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov, Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘I B.Berdialiyevlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida institut rektori I.Tuxtasinov Samarqand davlat chet tillar institutidagi o‘quv jarayonlari, ta’lim sifatining oshirilishda amalga oshirilgan ishlar, xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari, xususan, AQSHning bir nechta oliygohlari bilan hamkorlik aloqalari hozirda mustahkam tarzda davom etayotganligi, jumladan, hozirda institutda 15 dan ortiq xorijlik mutaxassis faoliyat ko‘rsatayotganligi va Samarqand davlat chet tillar institutining ko‘plab professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli va faol talabalari xorijda stajirovka o‘tab kelishayotganliklari to‘g‘risida batafsil aytib o‘tdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchi Vivianna Marcel xonim 2019/2020 o‘quv yili davomida institutda faoliyat olib boradi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

Share:
2019-09-13 21:50:00 98