O‘zbekiston Respublikasida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarga yengillik yaratish hamda talabalarning o‘qishga sarflanadigan harajatlarni qisman qoplash maqsadida to‘lov-kontraktni amalga oshirish borasida bir qator yangiliklar kiritildi. Ushbu yangiliklarni talabalar hamda ularning ota-onalariga to‘g‘ri yo'sinda etkazish maqsadida institutda bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2019-yil 12-sentabr kuni institut rektori boshchiligida yuqoridagi masalalar yuzasidan fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, guruh murabbiylari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda to‘lov-kontraktlarni amalga oshirish yuzasidan talabalar va ularning ota-onalariga to‘g‘ri targ‘ibot ishlarini amalga oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
2019-yil 13-sentabr kuni institut fakultetlarining barcha guruhlarida “Axborot soat”lariga ushbu masalaga oid mavzular kiritildi. Bundan tashqari fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, institutdagi yoshlar ittifoqining a’zolari, institutning faol talabalari tomonidan institutning barcha 1-4 bosqich talabalariga to‘lov-kontrakt ikki bosqichda ya'ni “stipendiyali” va “stipendiyasiz” ko‘rinishda amalga oshirilish tartibi, bunda aholiga to‘lovlarni amalga oshirilishda yengillik yaratish maqsadida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganligi hamda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida qo'shimcha stipendiyalar tayinlash bo‘yicha bir qator yangiliklar kiritilganligi to‘g‘risida targ‘ibot-tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu yangiliklar hamda uning talabalar va ularning ota-onalariga yetkazishga qaratilgan ishlar institutning rasmiy veb-saytida hamda barcha ijtimoiy tarmoqlarida ham ommaga havola etilishi hanuz davom etmoqda.
2019-yil 13-sentabr kuni yuqoridagi yangiliklarni ota-onalarga yetkazish maqsadida institutning barcha fakultetlarida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda ota-onalarga mas’ul xodimlar tomonidan to‘lov-kontraktlarni amalga oshirish sohasida batafsil ma’lumot va tushuntirishlari olib borildi
SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain












