Fransiya elchixonasi vakillari, jumladan, elchining madaniyat va hamkorlik ishlari boʻyicha maslahatchisi Emilie Desormiere va Campus France fondining Oʻzbekistondagi vakili Thomas Nadjarlar 25-sentabr kuni institutimizga tashrif buyurishdi.
Ular fransuz tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi talabalari va oʻqituvchilari bilan uchrashishdi. Uchrashuv jarayonida mehmonlar Fransiyada mavjud ta’lim fondlari, ilmiy maktablar, oliy ta’limdagi yangiliklar, malaka oshirish kurslari kabi mavzular haqida gapirib berishdi.
Joriy yilda Oʻzbekiston uchun Fransiyada 7 ta ta’lim granti ajratilgani va bizning oʻqituvchilarimiz va talabalarimiz ham tanlovda ishtirok etishlari mumkinligini ta’kidlab oʻtishdi. Uchrashuv savol-javob shaklida tashkil etildi. Elchixona vakillari bilan kelajakda qilinadigan hamkorliklar boʻyicha kelishib olindi.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain





