2019-yil 04-oktabr kuni tayanch doktrantura doktoranti Shamaxmudova Aziza Furqatovnaning “Bilvosita nutqiy aktlarni muloqat matnida voqelantiruvchi etnopragmatik omillar” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy metodologik seminarda chiqish qildi.
Seminarda sohaga tegishli professor-o‘qituvchilar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar so‘ngida mavzu bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan savollar berildi va ma’ruzachi tomonidan javob berildi, shuningdek, soha olimlari tomonidan mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining bajarilishi bo‘yicha fikr hamda takliflar berildi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain








