Samarqand davlat chet tillar institutida Janubiy Koreya, AQSH hamda Rossiya OTMlari bilan hamkorlikda 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarida "qo‘shma ta’lim dasturlari" tashkil etilganligi to‘g‘risida yangiliklarimizda ko‘p bora ommaga havola etib bordik.
Yana bir bor eslatib o‘tamiz. Bakalavriat ta’lim bosqichida 2+2 qo‘shma dasturi asosida Sunchunyan universiteti (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi (30 nafar) hamda Altay pedagogika universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili (30 nafar) ta’lim yo‘nalishlari tashkil etilgan.
Hozirda Sunchunyan universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qishga qabul qilingan va tahsil olayotgan talabalar bilan birgalikda koreyalik koreys tili professor-o‘qituvchisi Yu Ejin dars jarayonlarini davom etkazishmoqda.
SamDCHTI axborot ximzati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain





