Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Sport – sog‘lik garovidir” shiori ostida fakultet futbol kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Futbol musobaqasida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining barcha ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar o‘zlarining jamoalarini tashkil etib, jarayonda ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan futbol kubogi musobaqasining natijalariga ko'ra birinchi o‘ringa “Tarjimon” jamoasi, ikkinchi o‘ringa “Qo‘shma dastur” jamoasi, uchunchi o‘ringa “Koreys-2” jamoasi munosib deb topildi.
G‘olib jamoalarga fakultet ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan sovg‘alar, ya’ni musobaqa kubogi, oltin, kumush va bronza medallar topshirildi. G‘olib jamoalarga bundan-da yuksak cho‘qqilarni zabt etishida zafarlar tilab qolamiz.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain










