Samarqand davlat chet tillar institutida bugungi kunda 20 dan ortiq xorijlik professor-o'qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Xorijlik professor-o'qituvchilarni institutga jalb qilinishidan maqsad institutda ta’lim sifatini oshirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, institut xalqaro reytingini oshirish va xorijiy tajribaning ijobiy tomonlarini joriy qilishdan iborat.
Hozirda Finlandiyalik mutaxassis, falsafa fanlari doktori Merja Kalliomaki institutning Ingliz tili-II fakultetida faoliyat olib borib, talabalarga amaliy mashg'ulotlar va mahorat darslari o'tib kelmoqda.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain





