2018 yil 21 iyun kuni institutimizning Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan bitiruvchi talabalarning bitiruv malakaviy ish himoyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur himoya jarayonida talabalar o‘zlarining yil davomida olib borgan ilmiy izlanishlari borasida o‘rgangan ilmiy-nazariy ma’lumotlar va ular bo‘yicha erishgan natija hamda o‘zlarining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. SHuningdek, talabalar bitiruv malakaviy ishlarining ilmiy natijalari sifatida ko‘plab ilmiy maqola va tezislar hamda uslubiy ishlanmalar yaratganligini o‘z BMI taqdimotlarida ko‘rsatib o‘tishdi.
Shu bilan birga, 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan har bir bitiruv malakaviy ishning muallifi tomonidan amaliy innovatsion ishlanmalar ishlab chiqildi va bitiruvchilarning mazkur innovatsion amaliy mahsulotlari himoya taqdimotlari bilan birgalikda Yakuniy Davlat Attestatsiyasi Komissiyasi e’tiboriga havola qilindi.
BMI himoyasi nihoyasida Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Yakuniy Davlat Attestatsiyasi Komissiyasi Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ish” tanlovi nominatsiyalarining sovrindorlarini aniqlashga yordam berdi. YADAK xulosasiga ko‘ra :
- Yusupova Guzal xorijiy tilni CERF talablari asosida baholash mezonlari bo‘yicha olib borgan ilmiy izlanishlariga ko‘ra “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ish muallifi” nominatsiyasiga;
- Suyunov Begali fransuz va o’zbek xalqiga xos muomala madaniyati leksikasini o’rganish bo‘yicha tayyorlagan uslubiy ishlanmasi uchun “Eng namunali innovatsion ishlanma muallifi” nominatsiyasiga;
- Turaeva Maftuna fransuz tilidagi XXI asr neologizmlari bo‘yicha qilgan fransuz tilidagi namunali oratorlik nutqi uchun “ Eng yaxshi notiq” nominatsiyasiga;
- Toshquvvatova Rayxon fransuz va o‘zbek xalqi bayram va marosimlari leksikasining qiyosiy tahlili bo‘yicha olib borgan ilmiy izlanishi uchun “Eng qiziqarli mavzu muallifi” nominatsiyasiga;
- Uktamov Xurshed fransuz tilini o‘qitishdagi masafali ta’lim tendensiyalari mavzusi bilan “Eng dolzarb mavzu muallifi” nominatsiyasiga;
- Luqmonova Foxira Buyuk ipak yo‘li ertaklarini fransuz tiliga tarjima qilishga tayyorlagan BMI taqdimoti orqali “Eng namunali taqdimot muallifi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi va ular Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Bunday rag‘bat, albatta bitiruvchi talabalarni kelgusida magistrlik dissertatsiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yanada chuqurroq shug‘ullanishga undaydi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain













