Samarqand davlat chet tillar institutiga O‘zLiDeP Samarqand viloyat va shahar Kengashi vakillari tashrif buyurishdi hamda institut talaba-yoshlariga partiyaning faoliyati, kelgusidagi rejalari, amalga oshiriladigan ishlari haqida batafsil tanishtirib o‘tishdi.
Tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishini ta’minlash, mamlakatning milliy manfaatlari va yurt taraqqiyotining strategik istiqbollariga xizmat qiladigan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish bo‘yicha harakat dasturlarini hayotga izchil tadbiq etadi. Mazkur partiya davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirish va mustahkamlash, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash kabi ishlarda faol ishtirok etishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev
Savol javobga boy tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda “Siz O‘zLiDePni bilasizmi?” mavzusida viktorina tashkil etildi. Viktorinada faol ishtirok etgan yoshlarga partiyaning esdalik sovg‘alari ulashildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain








