Hozirda Samarqand davlat chet tillar instituti xorijning, xususan, Janubiy Koreya, AQSH, XXR, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Ispaniya, Indoneziya, Ukraina, Tojikiston, Malayziya, Latviya, Italiya kabi davlatlarning OTMlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini jadal ravishda davom etkazib kelmoqda.
AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan SamDCHTIda faoliyat olib borish uchun tavsiya etilgan ingliz tili mutaxassisi Vivianna Marcel xonim joriy o‘quv yilining 13-sentabr kunida o‘z faoliyatini boshlagan edi. Shu kunga qadar Vivianna Marcel xonim institutda o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib bordi. Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov buning uchun institut jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain






