2019-yil 22-dekabr kunida bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlarini kuzatish maqsadida yurtimizga xorijning ko‘plab davlatlaridan mehmonlarning tashrifi amalga oshirilmoqda.

Jarayonda ishtirok etish va xorijlik mehmonlarga kuzatuvchi sifatida jalb qilingan Samarqand davlat chet tillar institutining tarjimon-volontyorlari, tadbirga mas'ul ishchi guruh a’zolari hamda OAV xodimlari xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olishmoqda.

Eslatma: Tarjimon-volontyorlar Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan malakali professor-o‘qituvchilar hamda talabalar safidan saralab olinib, har bir tarjimon-volontyorlar bilan suhbat o‘tkazilganligi, suhbat davomida tarjimonlarning til bilish darajasi va ularning xalqaro hamda respublika miqiyosidagi tadbirlardagi ishtiroki to‘g‘risida savol-javoblar o‘tkazilganligi to‘g‘risida avval ham xabar bergan edik.

Qo‘shimcha ma’lumot

Butun respublika bo‘yicha saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantiriladi. Ilgari har bir hududning o‘z lokal ro‘yxati asosida ish ko‘rilgan, natijada bir kishi bir necha uchastkadan ovoz berishi mumkin bo‘lardi. Ro‘yxat yagona bo‘lgani bois endi buning imkoni bo‘lmaydi, har bir saylovchining ovoz bergan-bermagani yagona bazada qayd etiladi. Shuningdek, butun oila nomidan bir kishi kelib ovoz berishi hollariga ham yo‘l qo‘yilmaydi. 

Saylov uchastkalari haqida ma'lumotlar bir bazada jamlanadi. Har bir saylov uchastkasining joylashgan o‘rni, manzili elektron tarzda biz bazaga jamlanadi. Bu uchastkaga qaysi fuqarolar qarashi ham kiritiladi. Fuqarolar o‘z pasport ma'lumotlarini terish orqali qaysi uchastkaga va qaysi manzilga borishi kerakligi haqida osonlik bilan ma'lumot olishi mumkin bo‘ladi.

Saylov bilan bog‘liq barcha savollarga qulay tarzda javob olish mumkin bo‘ladi? Fuqarolar, saylov kuzatuvchilari, chet ellik ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari saylov jarayonlari bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni qulay shaklda olishlari uchun kun-u tun ishlaydigan koll-markaz hamda telegram bot ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, saylov jarayoni haqidagi barcha ma'lumotlarni o‘zida jamlagan “Saylov ─ 2019” mobil ilovasi ham ishlab chiqilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-12-21 16:05:00 91