O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27-maydagi Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamkorligida OTMlar boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilari uchun kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kurslari tashkil etildi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti psixologi J.Saydullayev ushbu kurslarda faol ishtirok etdi. Endilikda J.Saydullaev 2020-yildan boshlab doimiy ravishda institutga yangi ishga qabul qilingangan xodimlar va professor-o‘qituvchilar bilan bir oy muddat davomida kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etib boradi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-12-25 12:35:00 94