Joriy yilning 7-yanvar sanasida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov institutning faol, iqtidorli hamda davlat stipendiyalari sohib va sohibalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ucharshuv  iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda institut yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan holda unda Prezident, Navoiy, Islom Karimov va Yoshlar Ittifoqi stipendiyasi g'oliblari Karimov Jamshid, Nasrullayev Javohirxon, Absamadova Mahliyo, Fayzullayev Xurshid, Ibragimova Sitora, Samatova Nodiralar hamda  talabalar jamoasi ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari haqida talabalar ma’lumot olish bir qatorda yurtimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sish jarayonlariga berafq bo‘lmaslik, boshqaruv mehanizmi va rahbarlik qobiliyatini guruhdan, fakultetdan, sinfxonalardan o‘rgana boshlash lozimligi, milliy madaniyatimizni asrab-avaylashimiz joizligi, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda, seminarlarda faol tarzda ishtirok etish va institutning xalqaro nufuzini yuqori darajaga ko‘tarishda faol ishtirok etish, xalqaro doiradagi sertifikatlarni qo‘lga kiritish, kelgusida ajdodlarga mos avlod bo‘lish, yurt va ota-onalar oldida munosib farzand bo‘lish kabilar to‘g‘risida institut rektori tomonidan bildirilgan fikrlarga ega bo‘lishdi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-01-07 22:05:00 83