Samarqand davlat chet tillar instituti Matbuot xizmati hamda institut Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “Jurnalist-talaba” klubi a’zolarining navbatdagi darsi “Internet jurnalistikasi” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Dars jarayonida a’zolar quyidagilar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi:
Internet jurnalistikasi oddiy jurnalistikaga nisbatan o‘zining qanaqangi yangiliklari va avzalliklari bilan kirib keldi?
• Interaktivligi. Bunday xususiyat Internet texnologiyasining o‘zida mujassam bo‘lib, bunda u o‘zining ko‘p tomonlama “tarmoq”li aloqasini taminlaydi.
• Professional yondashuv. Bunda u har bir o’quvchi yoki guruhning shaxsiy qarashlari, fikrlari va talablarini hisobga olish imkonini beradi.
• Matbuotga yo’nalganligi. Bu holatda har bir o’quvchi, o’zining xohlagan axborotini, xohlagan darajada olishi va uni xohlagan darajada o’rganishi, tahlil qilish imkoniga ega.
• Oniylik. Buni avzalligi shundaki, unda ma’lumotlarni uzatish tezligi nihoyatda katta bo’lishi bilan bir qatorda, kerakli ma’lumot uzatilgan joyga tez va shu bilan bir qatorda sifatli yetib boradi.
• Olchamlilik. Bu o’quvchilarga u yoki bu axborotni muhimlik darajasini tez va qulay aniqlab olishga imkon yaratadi.
• Hamfikrlilik. Bunda ma’lumot sahifasini tez va qulay ravishda har bir tashrif etuvchi fikrini hisobga olgan holda yangilab borish imkoniyati tushuniladi.
• Tejamlilik. Internet ma’lumotlarini tarqalishidagi ta’minotni qimmatligiga qaramasdan, har bir o’quvchiga kerakli ma’lumot qog’ozli ma’lumotga nisbatan tezroq va arzonroq, eng muhimi sifatli yetib boradi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain




