Samarqand davlat chet tillar institutida Alisher Navoiyning 579 yillik tavallud ayyomi joriy yilning 7-fevral kunida "Navoiy me'rosi — avlodlar mulki" shiori ostida tantanali ravishda keng miqiyosida nishonlandi. Tadbirni institut rektori I.M.Tuxtasinov kirish so'zi bilan ochib berdi va barchani Alisher Navoiyning 579 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan chin dildan muborakbod etdi.
Jumladan, tadbir doirasida institut talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari va A.Navoiy ijodidan g'azallar ijro etildi! Tadbir munosabati bilan tashkil etilgan insholar tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritgan institut talabalari rahbariyat tomonidan kitoblar jamlanmasi hamda "Til nazariyasi va adabiyotshunoslik" kafedrasi tashabbusida tashkil etilgan mazkur tadbirda faol ishtirok etgan talabalar maxsus diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar!
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain















