Joriy yilning 20-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 17-fevraldagi 87-06-133-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida DXX Samarqand viloyat boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat hududiy bo‘linmasi vakillari hamda institut rahbariyati hamkorligida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi tadbir tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev ochib berdi. Oʻzbekiston Respublikasida “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida” maxsus qonun qabul qilinganligi, ushbu qonunda mazkur illatlarning siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan salbiy illatlar ekanligi to‘g‘risida mutasaddi vakillar tomonidan jarayon doirasida so‘zlab o‘tildi.

Institut talabalari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-02-20 18:30:00 95