Joriy yilning 25-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh mutaxassisi I.J.Saburov professor-o‘qituvchilar hamda oliygoh talabalarini ichki attestatsiyadan o‘tkazish tartibi yuzasidan seminar-trening o‘tkazdi.

Seminar-treningda Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, shuningdek, Samarqand arxitektura qurilish institutidan mas'ul vakillar  ishtirok etishdi.

Jarayon doirasida ichki baholash bo‘yicha komissiya a’zolari tarkibi, komissiya a’zolari tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar, ishchi guruh a’zolarining tuzilish tartibi, ichki attestatsiyadan o‘tkazishda asos bo‘luvchi Vazirlar Mahkamasining me’yoriy-normativ qonun hujjatlari, bakalavr hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlari, tashkiliy boshqarov faoliyatining samaradorligi, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarorining ahamiyatlilik darajasi, oliy ta’lim tashkiloti faoliyatining SWOT tahlili, davlat ta’lim standartlarining o‘quv jarayoniga joriy etilishi, talabalarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik va ular mutaxassisliklarining dars barayotgan fanlariga muvofiqligi kabilar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-02-25 13:30:00 96