2020-yilning 27-fevral kunida Samarqand shahrida sportning “Gandbol” turi bo‘yicha “Universiada – 2020” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. “Universiada – 2020” sport musobaqalarini tashkil etishda O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar o‘z tashabbuslarini ko‘rsatishib kelishmoqda.
Musobaqa davomida Toshkent viloyati, Samarqand viloyati, Farg‘ona viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa jarayoni juda qizg‘in davom etgan holda faxrli birinchi o‘ringa Toshkent viloyati, faxrli ikkinchi o‘ringa Samarqand viloyati, faxrli ikkinchi o‘ringa Farg‘ona viloyati munosib deb topildi.
Samarqand viloyati terma jamoasida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari ham ishtirok etishib, viloyat sha’nini faxrli himoya qilishdilar.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain









