Xalqaro xotin-qizlar kuni (dastlab Xalqaro ishchi xotin qizlar kuni deb atalgan) har yili 8-martda nishonlanadi. Turli mintaqalarda nishonlash asosi umumiy ayollarga hurmat, tushunish va muhabbatdan boshlab, ayollarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy yutuqlarini nishonlashgacha turli xildadir. Aslida sotsialistlarning siyosiy harakati sifatida yuzaga kelgan boʻlsa ham, bu bayram koʻp mamlakatlar madaniyatiga singib ketgan. Bu mamlakatlar asosan Sharqiy Yevropa, Rossiya va sobiq Sovet mamlakatlaridir. Baʼzi hududlarda bayram oʻzining siyosiy maʼnosini yoʻqotdi va shunchaki erkaklar uchun ayollarga boʻlgan mehrlarini izhorlash uchun fursatga aylandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida “Xalqaro xotin-qizlari bayrami” munosabati bilan “Ayol – dunyoning ko‘rki” shiori ostida tantanali bayram dasturi tashkil etildi. Fakultet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari O‘.Sattarov dasturni ochib berish bilan bir qatorda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ayol o‘qituvchilarni hamda talaba-qizlarni ayyom munosabati bilan jamoa nomidan mamnuniyat ila tabriklab o‘tdi.
Bayram dasturi davomida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan turli xil sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar, milliy raqslar mohirona tarzda ishtirokchilarga namoyish etildi. Dastur so‘ngida tadbir tashkilotchilari maxsus diplom hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain





