2020-2021 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari
2019-2020 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari
Ingliz tili-I fakultetida o'tkazilgan Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi natijalari
Ingliz tili-II fakultetida o'tkazilgan Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi natijalari
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-noyabr 1963-1-son tartib raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida Nizom” talablari asosida bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi haqida kafedralar hamda fakultetlar takliflari o‘rganib chiqildi.
2018-2019 o‘quv yilida institutda mavjud ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun “O‘zbekiston tarixi”, “Ikkinchi chet tili” fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va “Bitiruv malakaviy ishi” himoyasi, (institut Kengashi qarori asosida bitiruv malakaviy ishi himoyasini ixtisoslik fanlari bo‘yicha davlat attestatsiyasi sinoviga almashtirilishi mumkinligini inobatga olib “Asosiy o‘rganilayotgan til” fanidan), 3-kurs rus guruhlari talabalaridan “O‘zbek tili” fanidan yakuniy davlat attesstatsiyasi sinovi hamda magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanidan yakuniy davlat attesstatsiya sinovi, “Magistrlik dissertatsiya” himoyasi o‘tkaziladi.
2018-2019 o‘quv yilida – 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, frantsuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari), 5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga “O‘zbekiston tarixi” fanidan – yozma;
5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, frantsuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari), 5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilaridan bitiruv malakaviy ishi yozmagan talabalar uchun “Asosiy o‘rganilayotgan til” fanidan – og‘zaki tarzda yakuniy davlat attestatsiyalari olinadi.
2018-2019 o‘quv yilida ingliz tili fakulteti bo‘yicha 301 nafar, roman-german tillari fakulteti bo‘yicha 175 nafar, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti bo‘yicha 115 nafar talabalar 4-kursda tahsil olmoqda.
“Ikkinchi chet tili” yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari: 5111400-“Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun nemis, frantsuz tillaridan, 5120100-“Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun nemis, frantsuz tillaridan, 5120100-“Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis, frantsuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari)” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun ingliz tilidan, 5120200-“Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun nemis, frantsuz tillaridan – og‘zaki.
5111400-“Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)”, 5120100-“Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, frantsuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon tillari)”, 5120200-“Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)” ta’lim yo‘nalishlarining 3-kurs rus guruhlari talabalari uchun “O‘zbek tili” fanidan – og‘zaki.
5A120102-“Lingvistika (ingliz, nemis, frantsuz, koreys, xitoy tillari)”, 5A120201-“Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz, ispan, yapon, xitoy tillari)” mutaxassisliklari talabalari uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanidan “yozma” va “Magistrlik dissertatsiyasi” himoyasi me’yoriy-huquqiy hujjatlarda quyilgan talablar asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain
